Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan bokschilarimiz ro‘yxati qisqardi. Sabab...

Shu yilning 18-avgustida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Olamsport.com» xabar berdi.
Bu yilgi Osiyo o‘yinlarida boks musobaqasida vaznlar qisqartirilgan: -81kg, -91kg va +91 kg vazn toifalarida janglar o‘tkazilmaydi.
Shu sabab turnirga -75kg.gacha bo‘lgan quyidagi tarkib yo‘l oladi:
-49kg: Hasanboy Do‘smatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Miraziz Mirzaxalilov
-60kg: Shunqor Abdurasulov
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Mahmud G‘oipov
-75kg: Isroil Madrimov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter