Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari. Ikki kurashchimiz finalga chiqdi

Osiyo o‘yinlari. Ikki kurashchimiz finalga chiqdi

Foto: «Sports.uz»

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida yunon-rum kurashi musobaqalarida ikki nafar sportchimiz finalga chiqdi.

-87kg vazn toifasida Rustam Assakalov yarim finalda hindistonlik Singh Harpretni qiyinchiliksiz, 10:0 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. U Oltin medal uchun u eronlik Husayn Nuriga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, -130kg vazin toifasida kurashayotgan Mo‘minjon Abdullayev yarim finalda eronlik Arpateri Mohdizodaga qarshi bahs olib borib, g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring