«Osiyo bolalari» sport o‘yinlarida O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi
Bugun, 7-avgust kuni Vladivostok (Rossiya)da «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlari yakuniga yetdi.
Sibir federal okrugi terma jamoasi 45 ta oltin, 38 ta kumush, 36 ta bronza medallar bilan 1-o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinda — o‘zbekistonlik bolalar (41-28-45).
Moskva terma jamoasi (31-38-41) umumiy hisobda uchinchi bo‘ldi.
Musobaqalarda Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Armaniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Livan, Tailand jamoalari ham qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter