Olti nafar bokschimiz Osiyo chempioni bo‘ldi

Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi.
Unda olti nafar hamyurtimiz Osiyo chempioniga aylandi.
Boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatining final janglarida terma jamoamiz a’zolari qayd etgan natijalar:
-48 kg: Ilhomjon Ergashev hindistonlik raqibini mag‘lub etdi va dastlabki oltin medal qo‘lga kiritildi.
-50 kg: Samandar Olimov qirg‘izistonlik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi va yana bir oltin medal!
-52 kg: Sunnatilla O‘ktamaliyev qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
-54 kg: Mironshoh Norqosimov tailandlik raqibiga imkoniyatni boy berdi hamda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
-57 kg: Farrux To‘laganov qozog‘istonlik bokschiga yutqazib qo‘ydi, kumush medal!
-60 kg: Mirzakamron Yunusov hind bokschisiga imkoniyatni boy berdi va jamoamizga yana bir kumush medalni taqdim etdi.
-63 kg: Hojiakbar Qudratov ham kumush medal bilan kifoyalandi, unda ham mag‘lubiyat.
-70 kg: Ja’farbek Shaxbozov iordaniyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
-75 kg: Temurbek Abduvahobov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi. Navbatdagi oltin medal!
-80 kg: Rahmonjon Qodirov hindistonlik raqibidan ustun kelib, oltin medal sohibiga aylandi.
+80 kg: eng og‘ir vaznli bokschimiz Ozodbek Aliyev ham qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi va terma jamoamiz hisobiga oltinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter