O‘FA Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan kelishuvga erishdi
«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish borasida ko‘plab islohotlarni amalga oshiryapti», — deb yozmoqda O‘FA rasmiy sayti.
Xabarda aytilishcha, Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jumladan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Uliveri O‘FA bilan hamkorlik qilish, o‘zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O‘zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Janob Uliveri shu yilning iyul oyida O‘zbekistonga 2 nafar murabbiy intsruktorlar bilan tashrif buyurib, yoshlar jamoalarida mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter