Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FA futbol muxlislarini ogohlantirdi

O‘FA futbol muxlislarini ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

O‘FA qalbaki chiptalar borasida futbol muxlislarini ogohlantirdi. 

15 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

«Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lmoqda. Shu o‘rinda chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz! Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi o‘yinga ko‘plab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Futbol muxlislarini chayqovchilar qo‘lidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz!», deyiladi assosiatsiya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, tarmoqlarda 10 oktyabr kuni kechgan O‘zbekiston-Eron bahsida ko‘plab muxlislar qalbaki chiptalar sabab stadion tashqarisida qolib ketgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring