OChL. «Paxtakor»da guruhdan chiqish imkoni qanday?
«Paxtakor» 20 may sanasida Chempionlar Ligasining 6-turida maydonga tushadi. Klub Saudiya Arabistonida «Al Ahli» jamoasi mehmoni bo‘ladi.
«Al Sadd» hozircha nimchorak final yo‘llanmasini hal etib bo‘lgan. Ikkinchi yo‘llanma uchun kurash «Al Ahli» va «Paxtakor» o‘rtasida kechadi. Jiddada Shota Arveladze shogirdlari durangga erishgan taqdirda ham navbatdagi bosqich ishtirokchisiga aylanadi. Agar «Paxtakor» g‘alaba qozonsa va «Al Sadd» Eronda mag‘lubiyatga uchrasa, nimchorak finalga guruh peshqadami sifatida yo‘llanmaga ega chiqadi.
Guruhda «Paxtakor» birinchi o‘rinni egallasa, nimchorak finalda Qatarning «Duhayl», ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritgan taqdirda esa Saudiya Arabistonining «Al Hilol» jamoasiga qarshi o‘yinlar o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter