OChL. «Paxtakor» safarda Sneyder to‘p surgan jamoaga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi (video)
Bugun Qarshidagi «Markaziy» stadionida «Nasaf» klubi Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubini qabul qilgani va yirik hisobda mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, «Nasaf» OChL guruh bosqichiga yo‘l oldi va endi qarshiliklar «C» guruhida Eronning «Persepolis», Qatarning «As Saad» hamda BAA vakili «Al Vasl» klublariga qarshi to‘p suradi.
OChL pley-off bosqichi doirasida yana bir klubimiz – «Paxtakor» Dohada «Al-G‘arafa» mehmoni bo‘ldi.
Poytaxt jamoasi uchrashuvda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va OChL guruh bosqichiga chiqa olmadi. Dastlab, vakillarimizning qo‘pol xatosidan so‘ng belgilangan penaltini maydon egalarining nomdor golland futbolchisi Uesli Sneyder golga aylantirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Biroz o‘tib «Al-G‘arafa» futbolchisi Diyego Amadoning unchalik murakkab bo‘lmagan zarbasini Aleksandr Lobanov qaytara olmadi.
Ikkinchi bo‘limda «Paxtakor» faolroq o‘ynadi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalardagina Jasur Hakimov javob golini urishni uddaladi. Hisobni tenglashtirish uchun esa poytaxt jamoasiga omad va vaqt yetishmadi. Shu tarzda «Paxtakor» OChLdagi yurishini juda erta tugatdi.
«Al-G‘arafa» – «Paxtakor» 2:1
Gollar: 1:0 – Sneyder (20 penalti); 2:0 – Diyego Amado (28); 2:1 – Jasurbek Hakimov (90+3).
«Al-G‘arafa»: Qosim Burxon, Mahdi Muxtor (Said Haq, 11), Roberi Fassiana, Fahid Shammari, Monkez Adi, Assim Modibo (Xolid Zereqi, 76), Diogo Amado, Abdulaziz Hatim (Tamir Jamol, 65), Ahmad A’laaldin, Uesli Sneyder, Mehdi Taremi.
Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Sherzod A’zamov, Marko Simich (s), Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Azimjon Ahmedov (Jasurbek Hakimov, 76), Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Jasurbek Yaxshiboyev, 62), Tiago Bezerra.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter