«Xayr, futbol, xayr, Messi!»: Fransiya chempionatini Rossiyaga translyasiya qilish to‘xtatildi
Fransiya professional futbol ligasi (LFP) rossiyalik translyator bilan shartnomasini bekor qildi va «Match TV»ga signal uzatishni to‘xtatdi. Qaror 4-martdan kuchga kirdi.
«Match TV» bosh prodyuserining o‘rinbosari Vasiliy Konov fransiyaliklar shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilib, signal uzatishni to‘xtatganini tasdiqlab, LFPni shartnoma shartlarini buzishda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA va UYeFA Rossiyaga og‘ir sanksiyalar qo‘llagan: terma jamoa va mamlakatning barcha klublari xalqaro turnirlardan chetlatilgan, Sankt-Peterburg YeChL finaliga mezbonlikdan mahrum etilgandi.
Navbat rossiyalik futbol muxlislariga ham yetib keldi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter