Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nasaf» bugun Eron klubiga qarshi «hayot-mamot jangi»ni o‘tkazadi

«Nasaf» bugun Eron klubiga qarshi «hayot-mamot jangi»ni o‘tkazadi

Foto: «Nasaf» FK

Bugun OChLning 5-tur doirasida Qarshining «Nasaf» jamoasi Eronning «Persepolis» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv «Nasaf» uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Chunki Qarshi klubi musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishi talab etiladi. Berdiyev shogirdlari hisobida 6 ochko bo‘lsa, «Persepolis» hamda «As Sadd» 9 ochko jamg‘arib, guruhda yetakchilik qilmoqda. Birorta ochko to‘play olmagan «Al Vasl» esa pley-off uchun kurashni to‘xtatgan.

Mazkur uchrashuvni FIFA hakami Ali Abdulnabi boshchiligidagi Bahraynlik hakamlar boshqaradi. Qanotlarda unga hamyurtlari Muhammad Salmon va Abdulla Alravoiymilar yordam berishadi. Ismoil Habib Ali esa zaxira hakami sifatida ishlaydi. Hakamlar ishini Gonkonglik Lam Chi Xo nazorat qiladi. Uchrashuv komissari Ali Jabroil, Falastindan.

Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

OChL-2018. «S» guruhi, 5-tur
«Nasaf» (Qarshi) – «Persepolis» (Eron)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring