Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

My.gov.uz portali sportchilar uchun xushxabar e’lon qildi

My.gov.uz portali sportchilar uchun xushxabar e’lon qildi

Yagona portalda «Sportchilar uchun sport pasportini olishga ariza berish» xizmati ishga tushirildi.

My.gov.uz orqali ariza yuborilgach, sport pasporti 6 ish kunida tegishli sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

Sportchi pasportining amal qilish muddati — 5 yil.

Sportchi pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega, tegishli sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

Xizmatdan onlayn foydalanish juda oson va qulay. Buning ichun idorama-idora yugarib yurish shart emas. Qolaversa, onlayn foydalansangiz, 10 foiz arzon to‘laysiz: 55 000 so‘m o‘rniga 49 500 so‘m.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring