Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,2 kg) WBA Super va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi o‘tkazadi.
Mazkur bahs 28 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Boks oqshomi katta ehtimol bilan AQShning nomdor arenalaridan birida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter