Mujibilloda irodali g‘alaba, Odiljon amerikalikka yutqazib qo‘ydi

Belgradda o‘tayotgan jahon chempionatida nimchorakfinal bosqichida yana ikki bokschimiz ringga ko‘tarildi.
-63,5 kg vaznda o‘zbekistonlik Mujibillo Tursunov Xitoy Taypeyi vakili Chu-Yen Laiga qarshi jangda iroda ko‘rsatdi. 1-raundni boy bergan vakilimiz qolgan raundlarda ustunlikka erishib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Tursunov chorakfinalda ikki karra jahon chempioni, kubalik Endi Krus Gomes bilan to‘qnash keladi.
-80 kg vazn toifasida esa hamyurtimiz Odiljon Aslonov amerikalik Robbi Gonsalesga qarshi ringga chiqib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa chorakfinalgacha 7 bokschimiz musobaqani tark etdi, 6 nafari esa kurashni davom ettirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter