Messining qarori «PSJ» vakillarini shokka tushirdi
Yakshanba kuni «Loryan»ga (1:3) mag‘lub bo‘lgach, «PSJ» hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.
Uning ketishi vaqtida jamoa jadval bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazgan. Bu haqda L Equipe nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Kristof Galtiyer ham, sport direktori Luis Kampos ham argentinalikning ketishini ma’qullamagan va uning o‘zboshimchaligidan ranjishgan.
Dushanba kuni «PSJ» futbolchilari mashg‘ulot o‘tkazishdi, chunki ularning dam olish kuni «Loryan»ga yutqazib qo‘yganidan keyin bekor qilindi. Shuningdek, Messi Saudiya Arabistoniga avvalgi tashrifini bekor qilgani, ammo bu safar buni uddalay olmagani xabar qilingan.
«PSJ» futbolchilari mazkur holatni ko‘p muhokama qilishdi va Messining mashg‘ulotlarda ishtirok etmasligidan hayratda qolishgan.
Eslatib o‘tamiz, umumiy hisobda bu mavsumda Messi Fransiya chempionatining 27ta uchrashuvida 15ta gol urdi va 15ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining mavsum so‘nggida Ispaniyaga qaytishi bo‘yicha fikrlar ham ko‘p yangramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter