Messi Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynamaydi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi. Bu haqda «Sports.ru» xabar berdi.
30 yoshli futbolchi jamoa bilan uchrashuvga keldi, ammo o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Avval berilgan xabarlarga ko‘ra, Messida kichik jarohat bor va u shu sabab Italiya bilan kechgan o‘rtoqlik bahsini ham o‘tkazib yuborgan edi.
Ispaniya – Argentina uchrashuvi birozdan keyin Madridda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter