Marraga yaqin qolganda velopoygachi mashina tagida qoldi
Bir kunlik «Jiro di Lombardiya» klassik poygasi vaqtida Germaniyaning «Bora-hansgrohe» jamoasidan Maksimilian Shaxman ismli velopoygachini marraga yaqin qolganda mashina «bosib ketdi». Bu haqda Xalqaro vilosipedchilar uyushmasi (UCI) matbuot xizmati xabar bergan.
Voqea 15-avgust kuni poyganing 231-kilometrida sodir bo‘lgan. Sportchini tadbir o‘tkazilayotgan yo‘lakchaga chiqib ketgan avtomobil urib yuborgan. Noxush hodisaga qaramay, Shaxman marraga yettinchi bo‘lib yetib kelgan. Poygada daniyalik velopoygachi Yakob Fulsang g‘alaba qozondi.
Uyushma avtohalokat sabablari bo‘yicha tergov harakatlari boshlab yuborilgani hamda RCS Sport poygasi tashkilotchilariga qarshi intizomiy komissiyaga shikoyat berishni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, mazkur sport tadbiri davomida yana bir fojiali hodisa yuz berdi. Remko Evenepul ismli belgiyalik sportchi poyga paytida ko‘prikdan tushib ketgan. Uning tos suyagi singan va yengil shikastlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter