«Manchester Yunayted» futbolchilari Moldovada zaharlanishdi
Yevropa ligasi doirasida Kishinyovga tashrif «Manchester Yunayted» futbolchilari uchun jiddiy muammo tug‘dirdi. Bir yo‘la 12 futbolchi ovqatdan zaharlandi.
Jamoa o‘tgan juma kuni Moldovadan uchib ketgandi. O‘sha kuni futbolchilarda ovqatdan zaharlanish alomatlari yuzaga chiqdi. Oqibatda shanba kungi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishdi.
Keyin aniqlanishicha, inglizlar aeroport va samolyotdagi sifatsiz mahsulotlardan jabr ko‘rishgan. Hozirda futbolchilarning salomatligi tiklangan.
Eslatib o‘tamiz, «Sherif» — «MY» o‘rtasidagi 2-tur o‘yini 0:2 hisobida manchesterliklar foydasiga hal bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter