Makgregor va Pore jangi chiptalari soniyalar ichida sotilib ketdi
Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi jang o‘rin olgan UFC 264 musobaqasi chiptalari soniyalar ichida sotib tugatildi.
Musobaqa AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq mazkur kechada o‘zbekistonlik Mahmud Murodov ham jang qilishi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Pore va Makgregor avval ham ikki bor o‘zaro duch kelishgan. Ularning birida irlandiyalik, ikkinchisida amerikalik jangchining qo‘li baland kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter