Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahrezning sahifasi xakerlar hujumiga uchraganmidi?

Mahrezning sahifasi xakerlar hujumiga uchraganmidi?

Foto: Facebook / Riyad Mahrez

«Lester» klubi yarim himoyachisi Riyod Mahrez futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida avval xabar bergan edik. Ushbu kutilmagan qaror ko‘pchilikni hayratlantirgan edi.

Lekin mashhur jurnalist Lyuk Tanzi xabariga ko‘ra, Mahrezning «Facebook»dagi sahifasi xakerlar tomonidan hujumga uchragan va buzib kirilgan, qoldirilgan so‘nggi postdagi barcha so‘zlar yolg‘on hisoblanadi.

Bu haqda hali rasmiy bayonot e’lon qilinmadi. Klub ham, futbolchining o‘zi ham xakerlik yoki faoliyatni yakunlash bo‘yicha rasmiy xabar bilan chiqish qilmadi. Ehtimol italiyalik 31 yoshli marhum futbolchi David Astorining tasodifiy o‘limi tufayli Mahrez ham sog‘ligi haqida qayg‘urayotgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, «Facebook»da qoldirilgan post haligacha o‘chirilmadi.

Ma’lumot uchun, 2015/2016-yil mavsumida «Lester» bilan Angliya chempioni bo‘lgan jazoirlik 27 yoshli futbolchi xizmatlariga yozda «Roma», «Chelsi» va «Barselona» klublari qiziqish bildirishgan edi. Shuningdek, «Manchester Siti» ham futbolchini sotib olish uchun jiddiy kurashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring