«Liverpul» klubi «Bavariya» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Ispaniyalik yarim himoyachi Tyago Alkantara Angliyaning «Liverpul» klubiga o‘tdi. Bu haqda mersisaydliklar saytida xabar berilgan.
Klub bayonotida aytilishicha, jamoani kuchaytirgan 29 yoshli xavbek uzoq muddatli shartnomani imzolagan. Bundan oldin Alkantara Myunxenning «Bavariya» jamoasida o‘ynagan.
«Ajoyib tuyg‘u. Men bu lahzalarni anchadan beri kutayotgandim. Juda baxtiyorman», — dedi o‘yinchi shartnomani imzolagandan so‘ng.
«Bavariya» tarkibida Alkantara o‘tgan mavsumda Germaniya chempionati, mamlakat kubogi, shuningdek, Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Ispaniyalik futbolchi jamoaning 40 ta o‘yinida ishtirok etdi.
Shuningdek, Alkantara Ispaniya terma jamoasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushgan. «Bavariya»dan tashqari, u Kataloniyaning «Barselona» jamoasida ham o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter