Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lamin Yamalning otasini pichoqlab ketishdi

Lamin Yamalning otasini pichoqlab ketishdi

Foto: YeSport

«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamalning otasi — Munir Nazraui pichoqlashdan olgan jarohatlari sababli Kataloniyadagi shifoxonaga keltirildi. Bu haqda La Vanguardia gazetasi mahalliy politsiyaga asoslanib xabar berdi.

Ko‘ngilsiz hodisa Mataro shahri (Ispaniya)dagi Frenk Marshall ko‘chasida yuz bergan. Noma’lum shaxslar Nazrauiga pichoqda bir nechta jarohat yetkazishgan. Uning ahvoli barqaror og‘ir deya baholanmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Munir Nazrauiga hujum uning ishtirokida oldinroq yuz bergan janjal bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Nazraui Mataro shahridagi Rokafonda tumanida ko‘chada iti bilan sayr qilib yurganida balkondan kimdir ustiga suv sepib yuborgan. Oqibatda dahanaki janjal boshlanib, mushtlashuvgacha borib yetgan. Keyin janjalkashlar tarqalishgan. Kechga borib noma’lum shaxslar Yamalning otasi bilan yana janjallashishgan va pichoq urib jarohat yetkazishgan.

Politsiya tergovchilari ishni nazoratga olib, hujumda gumon qilingan bir necha shaxsni ushlashdi. Jinoyatga guvoh bo‘lganlar ham topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring