Kutilmagan qaror! Riyod Mahrez faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
«Lester» klubi yarim himoyachisi Riyod Mahrez futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda «Goal.com» nashri xabar berdi.
«Ko‘plab shifokorlar bilan maslahatlashgandan so‘ng men futboldagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Futbolchilik faoliyatim yakuniga yetar ekan, bir narsani aytishim kerak. Butun umr yodimda qoladigan shaharda menga bo‘lgan mehr va e’tibor uchun barchaga minnatdorlik bildiraman», deb yozadi Mahrez «Facebook»dagi sahifasida.
Qayd etish kerak, yozgi transfer vaqtida 27 yoshli futbolchini «Roma», «Chelsi» va «Barselona» sotib olmoqchi edi, yanvarda esa «Manchester Siti» jamoasi safiga o‘tishga juda yaqin edi, biroq tomonlar kelisha olmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter