Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klublar o‘rtasidagi JChga qur’a tashlandi

Klublar o‘rtasidagi JChga qur’a tashlandi

Dastlabki bosqichda «Al Ittihod» (Saudiya Arabistoni) va «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya) klublari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Ushbu bahsda g‘olib chiqqan jamoa chorak finalda «Al Ahli» (Misr) jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi chorak finalda «Leon»  (Meksika) va «Urava Reds» (Yaponiya) o‘zaro kuch sinashadi.

Hozircha yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Libertadores Kubogi g‘olibi – «Al Ittihod»/ «Oklend Siti» – «Al Ahli»;

«Leon»/«Urava Reds» – «Manchester Siti».

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 12-22 dekabr kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «Real» klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibiga aylangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring