Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karim Benzema — «Oltin to‘p» sohibi!

Karim Benzema — «Oltin to‘p» sohibi!

«Real Madrid» va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Karim Benzema 2022-yilgi «Oltin to‘p» sohibiga aylandi. U boshqa da’vogarlardan ancha ilgarilab ketgani oldindan ma’lum edi.

34 yoshli fransuz o‘tgan mavsumda «Real» bilan Chempionlar ligasi, La Liga, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Hujumchi YChLda 15 ta, Ispaniya chempionatida 27 ta gol bilan to‘purarga aylandi.

«Oltin to‘p» uchun da’vogar futbolchilar orasida Sadio Mane va Kevin de Bryuyne Benzemaning eng yaqin ta’qibchilari bo‘lishdi:

  1. Karim Benzema («Real Madrid»)
  2. Sadio Mane («Bavariya»)
  3. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») 
  4. Robert Levandovski («Barselona»)
  5. Muhammad Saloh («Liverpul»)
  6. Kilian Mbappe («PSJ»)
  7. Tibo Kurtua («Real Madrid»)
  8. Vinisius Junior («Real Madrid»)
  9. Luka Modrich («Real Madrid»)
  10. Erling Holand («Manchester Siti») 

Aleksiya Putelyas («Barselona») — ayollar o‘rtasida 2022-yilgi «Oltin to‘p» sohibasi (mukofotni qatorasiga ikkinchi marotaba qo‘lga kiritdi).

Shuningdek, boshqa yo‘nalishlarda 2022-yil g‘oliblari:

  • Robert Levandovski («Barselona») — Gerd Myuller mukofoti (eng yaxshi hujumchi, qatorasiga ikkinchi marota)
  • Tibo Kurtua («Real Madrid») — Lev Yashin mukofoti (eng yaxshi darvozabon)
  • Gavi («Barselona») — eng yaxshi yosh futbolchi
  • Sadio Mane — Sokrates mukofoti (futboldan tashqaridagi xayriya ishlari uchun)
  • «Manchester Siti» — 2021/2022 mavsumining eng yaxshi klubi
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring