«Inter»ning Jekoga tishi o‘tmayapti — 1-fevralda kech bo‘ladi
«Inter» va «Roma»ning hujumchilarni ayirboshlash rejasi barbod bo‘ldi. Milanliklar Rimdan legioner Jekoni olib kelishmoqchi edilar.
Edin Jeko «Roma» bosh murabbiyi Paulu Fonseka bilan kelishmay qolgan. Rimliklarning eng yaxshi to‘purari asosiy tarkibdan zaxira o‘rindig‘iga badarg‘a qilingan. Kelishmovchilikdan foydalanib qolish niyatida «Inter» bosniyalikni va rimliklarni ko‘ndirishga urinib ko‘rdi. Evaziga Aleksis Sanches taklif qilindi.
Biroq jamoa rahbarlari kelisha olishmadi. Muzokaralar to‘xtagani yo‘q, Italiyada transfer eshigi 1-fevral kuni yopiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeko yana Manchesterga qaytishi, biroq «qizil libos»da to‘p surishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter