Ikki dzyudochimiz oltin medal sohibi bo‘lishdi
Portugaliyada dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirining final bahslari o‘tkazildi.
-60 kg vazn toifasida dzyudochimiz Dilshod Baratov finalda Panamerika chempionati sovrindori braziliyalik Mishel Avgusto bilan kurash olib bordi. Yakunda hamyurtimiz g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-52 kg vazn toifasida dzyudochimiz Diyora Keldiyorovaga finalda Yevropa chempionati sovrindori vengriyalik Rika Pupp raqiblik qildi.
Yakunda Diyora Keldiyorava raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter