Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hasanboy finalga chiqdi, ammo boshqa yo‘qotishga uchradik

Hasanboy finalga chiqdi, ammo boshqa yo‘qotishga uchradik

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov qatorasiga ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l olmoqda.

 -51 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz yarim finalda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib bordi.

Ikki jahon chempionlari o‘rtasidagi bahsda yurtdoshimizning qo‘li baland keldi. Shuningdek, ushbu g‘alaba Do‘smatovga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini ham taqdim qildi. Uning finaldagi raqibi tailandlik Titisan Panmot bo‘ladi.

Mahoratli yosh bokschimiz To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi.

-80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz yarim finalda xitoylik Tanglatixan To‘xtarbekka qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli jang mezbon bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz Osiyo o‘yinlarining bronza medali bilan cheklandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring