Garet Beyl yangi jamoasi nomini e’lon qildi
«Real» (Madrid) sobiq vingeri Garet Beyl faoliyatini Shimoliy Amerikaning MLS ligasida davom ettiradi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda «Los-Anjeles» klubi libosini kiyib tushgan videosini tarqatdi.
«Tezda uchrashguncha, «Los-Anjeles», — deb yozdi 16-iyulda 33 yoshga to‘ladigan Beyl.
30-iyunda «Real» bilan shartnomasi muddati yakuniga yetib, Beyl erkin agentga aylanadi. Garet madridliklar safida barcha turnirlarda 258 marta maydonga tushib, 106 ta gol urgan, 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Beyl — «Sautgempton» tarbiyalanuvchisi, 2007-yilda 14,7 mln yevro evaziga «Tottenhem»ga o‘tgan. 2013-yil kuzida uni londonliklardan sotib olish uchun «Real» 101 mln yevro to‘lagan.
Garet Beyl ispan grandi safida 5 marta YChL, 2 marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan, 4 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yutgan, 3 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter