Yevropalik mutaxassis O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashkilot futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod bo‘lib turgan Lyubinko Drulovich bilan kelishuvga erishgan.
Bugun, 23-yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich bilan rasman shartnoma imzolash marosimi tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, murabbiy Lyubinko Drulovich va uning yordamchilari, O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.
Umid Ahmadjonov marosimda asosiy maqsad Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olish va bu yo‘lda terma jamoamiz uchun barcha sharoitlar yaratilishini ma’lum qilgan. Drulovichga murabbiylar shtabida o‘zbekistonlik mutaxassis Ravshan Haydarov yordam beradi.
Yangi murabbiy bilan kelishuv Tokio-2020 Olimpiadasiga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun:
Lyubinko Drulovich
Fuqaroligi: Serbiya
Tug‘ilgan sanasi: 11-Sentyabr 1968 (50 yosh)
Murabbiylik darajasi: UYeFA «PRO» diplomi egasi (2007 yil)
Eng katta yutug‘i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:
1. Angola Superkubogi G‘olibi – «Agosto» FK 2010-2011
2. Yevropa U-19 Chempionati g‘olibi – Serbiya 2013
3. «Partizan» FK bilan Yevropa ligasi ishtirokchisi – 2015-2016
4. BAA U-19 bilan final qismiga yo‘l olgan – 2017 yil
Shaxsiy yutuqlari:
Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter