Futbolchining qo‘lida feyerverk portlab ketdi — endi ko‘rmay qolishi xavfi bor
Turkiyaning «Galatasaroy» klubi himoyachisi va Norvegiya terma jamoasi sardori Umar Elabdellaui Yangi yilga o‘tar kechasi Istanbuldagi shifoxonaga keltirildi.
29 yoshli futbolchining qo‘lidagi feyerverk portlab ketib, u jiddiy jarohat olgan. Bu haqda «Goal.com» xabar berdi.
«Galatasaroy» klubi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, futbolchining hayoti uchun xavf yo‘q, biroq u ko‘rish qobiliyatidan ajralishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter