Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolchi Pavel Pogrebnyak koronavirus yuqtirib oldi

Futbolchi Pavel Pogrebnyak koronavirus yuqtirib oldi

Foto: «Nevasport»

«Ural» FK ning 36 yoshli futbolchisi, Rossiya terma jamoasining sobiq a’zosi Pavel Pogrebnyak koronavirus bo‘yicha topshirgan test natijasi musbat chiqdi.

Klub sayti ma’lum qilishicha, umumjamoaviy test olish natijalari, Pogrebnyakni hisobga olmaganda, barcha o‘yinchilar va xodimlarda manfiy chiqqan.

Unda kasallik yengil formada o‘tmoqda. Hayoti uchun xavf yo‘q, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati ostida, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: Pavel Pogrebnyak o‘z vaqtida «Spartak» (Moskva), «Dinamo» (Moskva), «Shtutgart» (Germaniya), «Fulhem» (Angliya) klublarida to‘p surgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring