Forbes duyoning eng qimmat jamoalari reytingini e’lon qildi

Forbes nashri turli sport turlari bo‘yicha dunyoning eng qimmat jamoalari reytingini e’lon qildi.
Futbol klublari orasida birinchi o‘rinni 5,1 milliard dollarga baholangan «Real Madrid» egalladi. Vaholanki, jahon sport jamoalarining umumiy reytingida «Qirollik klubi» 13-pog‘onada. Madrid klubi 14 marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan, bu har qanday jamoa uchun rekorddir.
Futbol klublari orasida ikkinchi o‘rinni «Barselona» (5 milliard, umumiy hisobda 15-o‘rin) egalladi. Futbol jamoalari orasida 3-o‘rinni «Manchester Yunayted» (4,6 milliard dollar, umumiy hisobda 19-o‘rin) egalladi.
Shuningdek, reytingda «Liverpul» (4,45 milliard dollar, 22-o‘rin), «Bavariya» (4,28 milliard dollar, 23-o‘rin), «Manchester Siti» (4,25 milliard dollar, 24-o‘rin), «PSJ» (3,2 milliard, 48-o‘rin) va «Chelsi» (3,1 milliard, 50-o‘rin) klublari joylashgan.
Forbes dunyoning eng qimmat jamoalari umumiy ro‘yxatida birinchi o‘ringa Milliy futbol ligasi (Amerika futboli) «Dallas» klubini qo‘ydi. Uning qiymati 8 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter