Fin xokkeychilari chempionlik kubogini sindirib qo‘yishdi (foto)
Finlyandiya terma jamoasi a’zolari Xokkey bo‘yicha 2019-yilgi jahon chempionatida berilgan chempionlik kubogini sindirib qo‘yishdi. Kubokning tagi tushib qolganini «Instagram»da tarqalgan suratlardan bilib olish qiyinmas, holbuki sovrin finlarning qo‘liga bus-butun topshirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Slovakiyada o‘tkazilgan 2019-yilgi jahon chempionatida finalda kanadaliklardan 3:1 hisobida ustun kelgan Finlyandiya terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta jahon chempioni bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter