Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuperga yana bir kuchli sparring-raqib topib berildi

Ektor Kuperga yana bir kuchli sparring-raqib topib berildi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa uchun kuchli termalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 4ta terma jamoa bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berilgandi.

Jumladan, Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz 6 sentyabr kuni Suriya, 11-sentyabr kuni Eron, 13-oktyabr kuni Shimoliy Koreya va 16-oktyabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, Osiyoning kuchli terma jamoalari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada, 20-noyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.

Noyabr oyida ob-havo sovuq kelishini inobatga olib, ko‘plab terma jamoalar Osiyo Kubogiga Avstraliyada tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham aynan shunday tayyorgarlik doirasida Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston «F» guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring