Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper: «Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rasiz, deb ayta olmayman»

Ektor Kuper: «Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rasiz, deb ayta olmayman»

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Ertaga, 13-oktyabr kuni «Milliy» stadionida O‘zbekiston — KXDR terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

«Avvalo shuni aytishni istardimki, ertangi o‘yin biz uchun sinovdir. Oldingi o‘yinlar bilan solishtirib, farqini ko‘ramiz. O‘sish bormi, kamchiliklar bartaraf etilyaptimi, shuni o‘rganamiz», — dedi murabbiy.

Ektor Kuper ertangi o‘yinda muxlislar jamoa tarkibida yangi o‘yinchilarni ko‘rishini aytib o‘tdi.

«Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rasiz, deb ayta olmayman. Men natija olib keladigan o‘yin ko‘rishni xohlayman. Himoyaviy o‘yin sizga yoqmasligi mumkin, lekin men natija ko‘rsatadigan taktika tanlashga harakat qilaman», — dedi u. — «Murabbiyning tanlovi borasida doim tushunmovchilik bo‘lishi mumkin va bosh murabbiy o‘z tanlovini asoslab berishga majbur emas».

«Kimdir klubda zo‘r o‘ynashi mumkin, lekin terma jamoaning o‘yin uslubiga mos kelmasa, u o‘yinchi foyda keltirmaydi. Shu narsani tushunishingizni istardim. Shu kungacha o‘ynagan o‘yinchilar terma jamoaning asosi, deya olmayman. Biz Osiyo kubogiga boradigan o‘yinchilarni noyabr oyidagi yig‘inda tanlab olamiz», qo‘shimcha qildi Kuper.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring