Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA ChL, 1/8 final: «Lion»ni yenggan «Yuventus» turnirni tark etdi

UEFA ChL, 1/8 final: «Lion»ni yenggan «Yuventus» turnirni tark etdi

Foto: «Reuters»

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida «Yuventus» «Lion»ni mag‘lub etdi. Turindagi o‘yinda 2:1 hisobi qayd etildi.

«Oq-qoralar»ning dublini Krishtianu Ronaldu o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Gollarning birini o‘n bir metrlikdan kiritdi. Portugal yulduzi 14-mavsumdirki, ChL pley-off bosqichida tinmay raqiblarga gol urmoqda.

Fransuzlar safida Memfis Depay o‘zini ko‘rsatdi, u ham golini penaltidan urdi.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda (26-fevral) «Lion» o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Har ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, safarda urilgan gol sharofati bilan fransuzlar keyingi bosqichga chiqishdi. Bu bosqich oson bo‘lmaydi, bittadan o‘yin o‘tkaziladi, «Lion»ni esa «Real»ni yengib o‘tgan «Manchester Siti» kutmoqda.

UEFA ChL, 1/8 final. Javob o‘yini

Yuventus — Lion — 2:1

Gollar: Ronaldu (43 — penalti, 60) — Depay (12 — penalti).

Birinchi o‘yin — 0:1.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring