Bugun Suriyaga qarshi o‘ynaymiz. Bu JCh-2022 saralashi oldidan so‘nggi uchrashuv
Bugun, 11-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuv «Milliy» stadionda soat 18:30da boshlanadi. Mazkur o‘yinni qirg‘izistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Safarda Turkiyaga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 7-iyun kuni Toshkentda KXDR terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Suriya bilan kechadigan bahs Ektor Kuper jamoasi uchun JCh-2022 saralashi oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston — Suriya
11-iyun, «Milliy» stadioni. Soat 18:30
Bosh hakam: Risbek Shekerbekov (Qirg‘iziston)
Referi assistenti: Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston)
Referi assistenti: IsmoilxonTolipjonov (Qirg‘iziston)
To‘rtinchi hakam: Sherzod Qosimov (O‘zbekiston)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter