Bokschimizning finaldagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Shu kunlarda Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida nufuzli «Stranja sup» xalqaro turniri davom etmoqda. Musobaqa ertaga yakuniga yetadi.
Bugun esa musobaqa doirasida dastlabki 10ta vazn toifasida finallar o‘tkaziladi. E’tiborlisi, unda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ham ringga ko‘tariladi.
Quyida vakillarimiz ishtirokchidagi final janglari bilan tanishing:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Damir Abdikadir (Qozog‘iston),
-57 kg: Abdumalik Xalakov – Xaver Dias (Bolgariya),
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov – Yaroslav Xarsiz (Ukraina),
-80 kg: Odiljon Aslonov – Kristian Nikolov (Bolgariya),
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Radoslav Pantaleyev (Bolgariya).
Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 6ta vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan.
+92 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullajonov ertangi dasturda oltin medal uchun jang o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter