Bokschilar Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olishdi

Yana 19 kundan so‘ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Olimpiya o‘yinlari start oladi.
Musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik bokschilar an’anaga ko‘ra tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini musobaqa o‘tkaziladigan manzil – Yaponiyaning o‘zida olib borishadi.
Marat Qurbonov boshchiligidagi charm qo‘lqop ustalarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova
Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter