«Bavariya» bosh murabbiyi go‘sht yeyishdan voz kechdi
Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann o‘z hayotida bo‘lgan o‘zgarishlarni ma’lum qildi. Masalan, bir oydan oshdiki, go‘sht va baliq yemayapti.
Vegetarianlikka o‘tishga nima undadi? Nagelsmann ikki sababni keltirdi: birinchidan, ko‘zi bor jonivorlardan tayyorlangan ovqatlarni yeyolmayapti, ikkinchidan, jonivorlardan tayyorlangan ovqatlardan voz kechish atrof-muhit muhofazasiga foydali degan xulosa chiqargan.
Ismaloqli knedlilar Nagelsmanning sevimli taomiga aylangan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter