Batigolni qaytarishmoqchi
Jurnalist Janluka Di Marsoning yozishicha, Florensiyaning «Fiorentina» klubi o‘zining sobiq hujumchisi — argentinalik Gabriel Batistutaga yangi ish taklif qilmoqda.
«Binafshalar»ning yangi xo‘jayini Rokko Kommisso jamoaning sobiq yulduziga taklif bilan chiqqani aytilmoqda.
Batistituta qaysi lavozimda ishlaydi — bunisi noma’lum, ammo manbaning ishonch bildirishicha, uch-to‘rt kunda hammasi aniq bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, muzokaralarda jamoaning o‘tmish afsonalaridan biri, hozir bosh direktor lavozimida ishlayotgan Jankarlo Antononi vositachilik qilgan.
Ma’lumot uchun: Gabriel Batistuta (laqablari: Batigol (Batigol), Qirol Sher (Re Leone) florensiyaliklar tarkibida 1991-yildan 2000-yilgacha to‘p surgan. Jami 331 ta o‘yin o‘tkazib, 203 ta gol urgan. Jamoa bilan birga Italiya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter