Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» yangi futbolchisini tanishtirdi

«Barselona» yangi futbolchisini tanishtirdi

Foto: «fcbarcelona.com»

«Barselona» klubi «Tuluza»dan xarid qilingan yosh himoyachi Jan-Kler Todiboni muxlislarga tanishtirdi.

19 yoshli futbolchi kataloniyaliklar klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi.

Aslida, Todibo 1 iyuldan so‘ng erkin agent sifatida «Barsa»ga o‘tishi kerak edi, ammo yakunda klublar kelishuv shartlarini o‘zgartirishdi va futbolchi qishdayoq Barselonaga ko‘chib o‘tdi. Jan-Kler yangi jamoasida 6-raqamda o‘ynaydi.

Fransiya chempionatining ushbu mavsumida u 10ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. U 2018-yil noyabr oyida klubi bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani uchun asosiy tarkibdan chetlatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Braziliyadan 20 yoshli himoyachi Emersonni ham sotib olgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring