«Barselona» — Yevropada eng ko‘p pul sarflaydigan klub

Ispaniyaning «Barselona» klubi oxirgi besh yilda bir milliard yevrodan ko‘proq pul sarfladi va bu borada Yevropada birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Kataloniyaliklar «Atletiko»dan Antuan Grizmanni 120 million yevroga sotib olgandan so‘ng besh yillik harajati 1,08 milliard yevroga yetdi. Ikkinchi o‘rinda 996 million yevro sarflagan «Manchester Siti» bormoqda. Kuchli uchlikni 890 million yevro sarflagan «Manchester Yunayted» egallab turibdi.
Madridning «Real» klubi bu ro‘yxatda 8-o‘rinda bormoqda. Madridliklar oxirgi besh yilda 755 million yevro harajat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter