Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov tarozidan o‘tdi. Ertaga jang

Bahodir Jalolov tarozidan o‘tdi. Ertaga jang

Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Bahodir Jalolov  (9-0, 9KO) 18 mart kuni BAAning Dubay shahrida Probellum kompaniyasi tashkil etayotgan boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu kechada unga polshalik Kamil Sokolovskiy raqib bo‘ladi. Ushbu to‘qnashuv oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Tarozida Jalolov 116 kg, Sokolovskiy 109 kg tosh bosgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir avvalgi jangini ham Dubay shahrida o‘tkazgan va birinchi zarbasidayoq Xulio Sezar Kalimenoni (4-1, 4 KO) nokautga uchratgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring