Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Atletiko» Ispaniya chempioni bo‘ldi

«Atletiko» Ispaniya chempioni bo‘ldi

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida chempionlik masalasi hal etildi. Madridning «Atletiko» klubi safarda «Valyadolid» ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘z tarixida 11-bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

«Valyadolid» – «Atletiko» 1:2

Gollar: 1:0 – 18 Plano, 1:1 – 57 Korrea, 1:2 – 67 Suares.

«Valyadolid» – Masip, Olasa, El-Yamik, Olivas, Yanko (Ervias, 82), Toni Vilya (Jota, 62), San-Emeterio (Kike Peres, 82), Mesa (Michel, 62), Plano, Markos Andre (Gvardiola, 62), Veysman.

«Atletiko» – Oblak, Ximenes, Ermoso (Lodi, 63), Tripper, Felipe, Koke, Saul (Joau Feliks, 63), Karrasko, Lorente (Kondogbia, 79), Korrea (Errera, 85), Suares.

Ogohlantirishlar: Markos Andre (55), El-Yamik (70), Michel (74), San-Emeterio (78), Joau Feliks (78), Felipe (83).

«Atletiko»ning eng yaqin taqibchisi – «Real» ham so‘nggi daqiqalarda irodali g‘alabaga erishdi. Ammo bu chempionlik uchun yetarli emasdi. Zidan shogirdlari turnirni ikkinchi bo‘lib yakunlashdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring