Argentina «finalissima»da g‘olib bo‘ldi. Messi eng yaxshi futbolchi deb topildi
Yevropa va Janubiy Amerika qit’asi chempionlari o‘rtasidagi o‘yinda Argentina yirik hisobda g‘alaba qozondi.
«Uembli»da o‘tgan «finallisima»da Argentina Italiya darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Lautaro Martines, Anxel Di Mariya va Paulo Dibala gol urdi, Messi esa ikkita asist qayd etdi.
O‘yinda Messi qit’a chempionlari o‘rtasidagi finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Italiya — Argentina 0:3
Gollar: Martines (28), Di Mariya (45+1), Dibala (90+4).
Italiya — Donnarumma, Kellini (Latssari, 46), Bonuchchi, Emerson (Bastoni, 77), Di Lorenso, Jorjino, Barella, Pessina (Spinatssola, 63), Bernardeski (Lokatelli, 46), Belotti (Skamakka, 46), Raspadori.
Argentina — E.Martines, Otamendi, Talyafiko, Romero (Pesselya, 85), Di Mariya (Niko Gonsales, 90), De Paul (Palasios, 75), G.Rodriges, Molina, Messi, Lo Chelso (Dibala, 90), L.Martines (Alvares 85).
Ogohlantirishlar: Otamendi (22), Bonuchchi (39), Di Lorenso (72), Barella (77).
Faktlar:
- Bungacha ikki qit’a chempionlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 1985 yili Fransiya, 1993 yili Argentina g‘olib bo‘lgan.
- Messi faoliyatidagi 40-sovrinni qo‘lga kiritib, Inestani (39) ortda qoldirdi. Faqat Alves oldinda — 46.
- Argentina mag‘lubiyatsiz seriyasini 32ta o‘yinga yetkazdi. Bu — mamlakat rekordi.
- Italiya so‘nggi 5 yildagi eng yirik mag‘lubiyatini (0:3) qabul qilib oldi.
- Messi milliy jamoa bilan 2-sovrinini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter