Antuan Grizmann YeChLda antirekord o‘rnatdi
Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Yevropa chempionlar ligasida o‘ziga xos antirekord o‘rnatdi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisi bitta o‘yinda ham dubl qayd etgan, ham qizil kartochka olgan o‘yinchi sifatida YeChL tarixiga kirgan.
30 yoshli Grizmann kecha YeChL guruh bosqichi 3-turida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda (2:3) ikkita gol urgan va keyinroq esa qizil kartochka olib, maydonni tark etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter