Akbar Jo‘rayevda ham uchta oltin medal!
Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha bahslar yakunlandi.
Avvalroq -109 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Ruslan Nuriddinov mutlaq rekord o‘rnatib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ygani haqida xabar bergandik.
Quvonarlisi, +109 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Olimpiada va jahon chempioni Akbar Jo‘rayev ham xuddi shu «maksimum»ni uddaladi. U ham uchta oltin medalli bo‘ldi. Dast ko‘tarishda 200 kilogramm, siltab ko‘tarishda 246 kilogramm natijani qayd etgan Jo‘rayev ikki kurash bo‘yicha 446 kilogramm natija bilan mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter