Shomurodovning dubli va Masharipovning «Panenkasi» O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi
FIFA kunlari doirasidagi ilk rasmiy o‘rtoqlik uchrashuvini O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 27-yanvar kuni Janubiy Sudanga qarshi o‘tkazdi.
Uchrashuvni hujumkor boshlagan vakillarimiz 6-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqishdi: chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayevning zarbasini darvozabon bartaraf etgach, qaytgan to‘pni Eldor Shomurodov darvozaga teskari turgan holda tovoni bilan hisobni ochdi — 1:0.
Shomurodov ikkinchi golini 29-daqiqada Javohir Siddiqovning uzatmasidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib amalga oshirdi — 2:0.
Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa raqib jarima maydonida qoida buzildi (qo‘l bilan o‘ynaldi). O‘n bir metrlikni Jaloliddin Masharipov «Panenka uslubi»da qoyilmaqom ijro etdi — 3:0.
O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘yinda 1-fevral kuni Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. BAA, Dubay.
27-yanvar
O‘zbekiston — Janubiy Sudan — 3:0
Gollar: Eldor Shomurodov 6, 29, Jaloliddin Masharipov 67 (pen.)
O‘zbekiston: 16. Valijon Rahimov, 9. Dilshod Saitov (2. Hojiakbar Alijonov, 80), 15. Umarbek Eshmurodov, 2. Islom Qobilov, 18. Sherzod Nasrullayev, 20. Akmal Mozgovoy (17. Sardor Sobirxo‘jayev, 57), 7. Otabek Shukurov, 22. Javohir Sidiqov (6. Aziz G‘aniyev, 46), 23. Hojimat Erkinov (21. Shahboz Umarov, 57), 10. Jaloliddin Masharipov (8. Oybek Bozorov, 72), 14. Eldor Shomurodov (11. Sherzod Temirov, 73).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter