Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi-2023 turnirining eng yaxshi yosh yulduzi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev turnir davomida raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq «Transfermarkt» portali Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etgan futbolchilarning narxini yangilagandi. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi o‘sishga erishdi.
Jumladan, Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga yuqorilab, 5 millionga yetgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter